Huawei 1
Messining Instagram'dagi obunachilari soni 444 millionga yetdi. U bu borada faqat Ronaldudan ortda qolmoqda

Argentina milliy jamoasi va "PSJ" klubi hujumchisi Lionel Messining Instagram'dagi obunachilari soni 444 million nafarga yetdi.

7 karra "Oltin to‘p" sohibi sanalmish 35 yoshli futbolchi 2013-yilning iyun oyidan buyon ijtimoiy tarmoqda rasmiy sahifasiga ega. 

Hozirda Messining o‘zi 290 nafar foydalanuvchiga obuna bo‘lgan. U hozirga qadar 1013 ta post e’lon qilgan.

Messi Instagram'da ikkinchi raqamli eng ko‘p obunachiga ega shaxs sanaladi. Undan oldinda Krishtianu Ronaldu (564 million) bor.

Ma’lumot uchun, Messini Facebook'da kuzatuvchilari 114 million nafarni tashkil qiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 90708 | Инструменты