Italiya superkubogi uchun o‘tkazilgan finalda superkambekni uddalagan «Milan» azaliy raqibi «Inter»ni 3:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
O‘yinga Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyoddagi «Al-Avval Park» stadioni mezbonlik qildi.
Hisobni «Inter» futbolchilari ochishdi: avval Lautaro Martines (45+1 daq.), sal o‘tib Mehdi Taremi (48 daq.). Keyin tashabbus «Milan» futbolchilariga o‘tdi: Teo Ernandes (52), Kristian Pulishich (80) va Temmi Abraham (90+3).
Shu tariqa 9 yillik tanaffusdan so‘ng, «Milan» Italiya superkubogini o‘z tarixida 8-marotaba qo‘lga kiritdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 10901 | Инструменты