Huawei 1
MYUdan ketgan Krishtianu Ronaldu Masharipovning jamoadoshiga aylanishi mumkin

Krishtianu Ronaldu Jaloliddin Masharipovning jamoadoshiga aylanishi mumkin. “Marca” nashri xabariga koʻra, “Manchester Yunayted” bilan kelishuvini bekor qilgan 37 yoshli yoshli portugaliyalik yulduzni Saudiya Arabistonining “An-Nasr” klubi oʻz safiga qoʻshib olmoqchi. Yozda Krishtianu Saudiya Arabistonidan 2 yillik faoliyati uchun 250 million yevrodan koʻproq mablagʻni tashkil etuvchi shartnoma olgan, biroq uni qabul qilmagan edi.

“Marca” nashrining qayd etishicha, 242 million yevro – Ronalduga yozda taklif qilingan mablagʻga yaqin va hozirgi vaziyatda Krishtianu erkin agent sifatida ushbu shartnomani qabul qilishga tayyor.

Eslatib oʻtamiz, Ronaldu JCH-2022 davomida Portugaliya milliy jamoasi safida erkin agent sifatida koʻrsatiladi. Uning yangi klubi turnirdan soʻng maʼlum boʻlishi kutilmoqda. Avvalroq, “Chelsi” Ronalduni taklif etish fikridan qaytgani haqida xabar bergan edik.

Maʼlumot uchun, Ar-Riyodning “An-Nasr” klubi Saudiya chempionatida 8-turdan keyin 19 ochko bilan 2-oʻrinda bormoqda. Oʻzbekistonlik hujumchi Jaloliddin Masharipov ushbu jamoa sharafini himoya qiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 120419 | Инструменты