Bugun, 1-noyabr kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionati Superliga bahslarining 23-turida Qarshining “Nasaf” jamoasi safarda Toshkentning “Lokomotiv” jamoasiga qarshi bahs olib bordi.
Qiziqarli kechgan uchrashuvda Ro‘ziqul Berdiyev boshchiligidagi “Nasaf” jamoasi raqiblarini 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Ushbu uchrashuvdan so‘ng qarshiliklar turnir jadvalida 52 ochko jamg‘argan holda muddatidan oldin o‘z tarixida ilk marotaba O‘zbekiston chempioni nomiga sazovor bo‘ldi.
Uchrashuvda kiritilgan yagona golga Akmal Mozgovoy mualliflik qildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 121302 | Инструменты