Huawei 1
“Navbahor” shifokori Dehli-Toshkent aviareysida yo‘lovchi hayotini saqlab qoldi

“Navbahor” shifokori Dehli-Toshkent yo‘nalishidagi aviareysda yo‘lovchining hayoti saqlab qolinishiga sababchi bo‘ldi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “Mumbay Siti” bilan o‘yindan qaytayotgan “Navbahor” PFK delegatsiyasi o‘rin olgan bortda Hindistonda jarrohlik amaliyoti o‘tkazib qaytayotgan yo‘lovchi o‘zini juda yomon his qilgan.

“Jamoamiz shifokori Jahongir Nuriddinov ushbu bemorga birinchi tez tibbiy yordamni ko‘rsatdi. Shifokorimizning tezkor harakatlari bilan bemor o‘ziga keldi va oilasi bag‘riga sog‘-salomat qaytdi”, deyiladi manba xabarida.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72720 | Инструменты