Huawei 1
O‘zbekiston chempionati yangi mavsumiga qur’a tashlandi

1 fevral kuni Toshkent shahridagi “Bunyodkor” stadionida O‘zbekiston Superligasi 2025 yilgi mavsum uchun qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. 

Qur’a Berger tizimi asosida amalga oshirildi. Yakunida dastlabki turda juftliklar nomi aniq bo‘ldi.

Superliga-2025 1-turi quyidagicha ko‘rinish olgan:

OKMK - “Buxoro”;
“Paxtakor” - “Mash’al”;
“Qo‘qon-1912” - “Andijon”;
 “Bunyodkor” - “Neftchi”;
“Qizilqum” - “Surxon”;
“Nasaf”  - “So‘g‘diyona”;
“Xorazm”  - “Sho‘rtan”;
“Navbahor”  - “Dinamo”.   

Ma’lumot o‘rnida, Superliga-2025 turniriga mart oyida start beriladi. O‘zbekiston Superligasining amaldagi g‘olibi Qarshining “Nasaf” klubi hisoblanadi. OKMK va “So‘g‘diyona” klublari kuchli uchlikka kirdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 20200 | Инструменты