O‘zbekiston o‘smirlar termasining Osiyo kubogi yarim finalidagi raqibi aniq bo‘ldi.
Saudiya Arabistonida 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida Osiyo Kubogi o‘tkazilmoqda.
Chorak finalda BAAni taslim qilgan o‘zbekistonliklar Indoneziyani 6:0 hisobida mag‘lub etgan KXDR terma jamoasi bilan o‘ynaydi.
Bahs 17 aprel kuni Qiroh Fahd stadionida bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonlik o‘smirlar A guruhida barcha raqiblarini taslim qilib, birinchi o‘rin bilan keyingi bosqichga chiqqan edi. Chorak finalda esa BAA 3:1 hisobida taslim etildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 41622 | Инструменты