Huawei 1
Eron Islom Respublikasidan 2 oyda O‘zbekistonga 2,9 ming nafar turist kelgan

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-fevral oylarida jami 2,9 ming nafar Eron fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2 ming nafarga yoki 3,4 barobarga oshgan.

Joriy yilning 2 oyida O‘zbekistonga tashrif buyurgan Eron fuqarolari safar maqsadlari bo‘yicha quyidagicha:

— xizmat yuzasidan - 2 200 nafar

— sayyohlik - 630 nafar

— qarindoshlarni yo‘qlash - 24 nafar

—  o‘qish - 20 nafar

—  tijorat -3 nafar

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 41905 | Инструменты