Huawei 1
O‘zbekiston terma jamoasi 27-yanvar kuni Qatarda o‘ynaydi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi joriy yildagi muhim uchrashuvlarga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida 20-31 yanvar kunlari Qatarda navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazadi.

Mazkur yig‘inda terma jamoamiz tarkibidan asosan mahalliy 23 nafardan iborat futbolchilar o‘rin olgan. Bosh murabbiy Srechko Katanes qo‘l ostidagi terma jamoamiz yig‘in doirasida Iordaniya terma jamoasi bilan o‘yin o‘tkazadi. Ushbu urashuv 27 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:00da “Abdulloh bin Xalifa” stadionida bo‘lib o‘tadi.  

Maʼlumot o‘rnida: O‘zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo qitʼasida futbol bo‘yicha Jahon chempionati 3-saralash bosqichining “A” guruhida 20 mart kuni Toshkentda Qirg‘iziston, safarda 25 mart kuni Eron va 5 iyunda BAA bilan raqobatlashsa, 10 iyun kuni Qatar bilan so‘nggi turda o‘ynaydi.  

Hozirda saralash bahslarining o‘tgan olti uchrashuvi yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi “A” guruhida 13 ochko bilan ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Eron esa 16 ochko bilan peshqadamlik qilayotgan bo‘lsak, BAA 10, Qatar 7 ochko jamg‘arib, keyingi o‘rinlarda bormoqda. Qirg‘iziston va KXDR termalari 3 va 2 ochko to‘plagan holda guruhning quyi o‘rnidan joy oldi.  

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 11520 | Инструменты