Huawei 1
Umra xizmatlarini litsenziyasiz reklama qilgan 15 ta turoperator jarimaga tortildi

Raqobat qo‘mitasi Umra xizmatlarini tegishli litsenziyani rasmiylashtirmasdan reklama qilgani uchun 15 ta sayyohlik kompaniyasini jarimaga tortdi.

Qo‘mitaning Andijon, Namangan, Samarqand va Xorazm viloyatlaridagi boshqarmalari 10 ta kompaniya — “Al-Azhar Travel”, “Atlas Avia Tour”, “Diyor Tour”, “Hiro Travel”, “Maknoon Travel”, “Marmara Travel Namangan”, “Meroj Travel”, “Profi-Travel”, “Sultan Travel 2022” hamda “Ideal Travel” tomonidan yo‘l qo‘yilgan qonunbuzarliklarni aniqladi. Mazkur kompaniyalarga nisbatan moliyaviy jarimalar qo‘llanildi.

Namangan va Farg‘ona viloyatlarida yana 5 nafar turoperator ma’muriy javobgarlikka tortildi. Qoidabuzarliklar “Fargona Tour 2022”, “Safo Marva”, “Umra Ziyorati Agentligi”, “Ziyoratul Umra” va “Buvaydaliklar Hayoti” Telegram-kanalida aniqlangan.

Shu bilan birgalikda, 10 dan ortiq litsenziyaga ega bo‘lmasdan reklama materiallari tarqatayotgan axborot resurslarini yurituvchi shaxslarga aniqlik kiritish maqsadida Ichki ishlar vazirligi Kiberxavfsizlik markaziga murojaat qilindi. Ushbu o‘rganish yakunlari yuzasidan qonunchilikda belgilangan tegishli choralar ko‘rilishi ta’minlanadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 11520 | Инструменты