Huawei 1
Andijon tumanining sudlangan sobiq hokimi Abdujabbor Egamberdiyev yana rahbar bo‘ldi

O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasining Andijon viloyati kengashi raisi lavozimiga Abdujabbor Xusanovich Egamberdiyev saylandi, deya xabar bermoqda kengash matbuot xizmati.

Abdujabbor Egamberdiyev 1974-yilda Baliqchi tumanida tug‘ilgan. Mazkur lavozimga tayinlanguniga qadar u Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi respublika kengashining viloyat bo‘yicha masʼul tashkilotchisi lavozimida faoliyat yuritgan.

U 2021 yilning fevral oyida Andijon tumani hokimi lavozimiga kelgan. Bungacha Bo‘z, Ulug‘nor, Qo‘rg‘ontepa tumanlari va Andijon shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘i, shuningdek, Andijon viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

Egamberdiyev 2022 yil sentyabrida prezident Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga binoan lavozimidan ozod etilgan. Maʼlum qilinishicha, bunday qarorga «davlat xizmatchisi etikasiga nomunosib xatti-harakatlari, rahbarlik madaniyatini saqlamagani, o‘tkazilgan qabullarda fuqarolarga hurmatsizlikka yo‘l qo‘ygani va faoliyatidagi boshqa kamchiliklar» sabab bo‘lgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 11520 | Инструменты