O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Sherzod Nasrullayev terma jamoasafida Qirg‘izistonga qarshi Jahon chempionati saralash o‘yinida maydonga tushmaydi. “Asiasport” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 25 yoshli futbolchi jarohat olgan va shuning uchun ham jamoaga Hojimat Erkinov chaqirilgan. Shuningdek, Oston O‘runovning o‘yinda maydonga tushishi hamon so‘roq ostida.
“Shu tariqa, “Rubin”da juda kam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lgan Ashurmatov va “Nasaf” a’zosi G‘olib G‘aybullayev himoya markazida Husanovga yordam berish uchun maydonga tushadi. Nazariy jihatdan uchinchi markaziy himoyachi sifatida Sayfiyevdan foydalanish mumkin bo‘lardi, lekin katta ehtimol bilan u Nasrullayev o‘rniga chap qanotda o‘ynaydi. O‘runov pozitsiyasida esa Kapadzening tanlov imkoniyatlari bisyor”, deyiladi manba xabarida.
Alpha version: 0.9.1.19 build 32000 | Инструменты