Bayram va dam olish kunlari ayrim banklar tomonidan valyuta ayirboshlash va pul o‘tkazmalari shoxobchalari faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.
9-may (juma) — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan barcha xodimlar uchun dam olish kuni hisoblanadi. 10-may (shanba) — 5 kunlik ish haftasida ishlovchilar uchun dam olish kuni, 6 kunlik ish haftasida ishlovchilar uchun esa ish kunidir. Shuningdek, 11-may (yakshanba) — dam olish kuni.
Mazkur kunlar davomida quyidagi banklar tomonidan ayrim valyuta ayirboshlash va xalqaro pul o‘tkazmalari shoxobchalari faoliyat ko‘rsatadi:
Shu bilan birga, 24/7 rejimida ishlovchi avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash bankomatlari hamda kunning istalgan vaqtida banklarning mobil ilovalari orqali onlayn valyuta ayirboshlash operatsiyasini amalga oshirish mumkin.
Alpha version: 0.9.1.19 build 50919 | Инструменты