Huawei 1
O‘zbekiston U-16 terma jamoasi Falastinga qarshi oq libosda oʻynaydi

2025-yilgi U-17 Osiyo kubogi saralash uchrashuvlari oldidan jamoalar rasmiylari ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Unda OFK vakillari va mahalliy tashkiliy qoʻmita tomonidan ishtirokchilarga oʻyinga oid bir qator masalalar, xususan, marketing, tibbiyot va xavfsizlik yoʻnalishlari yuzasidan tushuntirish va eslatmalar berib oʻtildi.

Vakillarimiz mazkur bahsda toʻliq oq libosda, darvozabonimiz esa qora libosda harakat qilishi ma’lum boʻldi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston – Falastin uchrashuvi ertaga, 23-oktyabr kuni, Toshkent vaqti bilan soat 11:00 da start oladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102212 | Инструменты