Huawei 1
Isroil G‘azo shimolida vayronalar ostida qolganlarni olib chiqish talabini rad etdi - BMT agentligi

Isroil Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yaqin Sharqdagi falastinlik qochqinlarga yordam agentligining G‘azo shimolidagi vayronalar ostida qolgan odamlarni qutqarish bo‘yicha so‘rovlarini rad etdi.

Bu haqda Yaqin Sharqdagi falastinlik qochqinlarga yordam agentligi vakili Inas Hamdan «Anadolu»ga bergan intervyusida ma’lum qildi.

«So‘nggi ikki hafta davomida biz G‘azo shimolida va Jabaliya qochqinlar lagerida qamal kuchayishi haqida ogohlantirdik. Vaziyat yomonlashmoqda. Isroilning G‘azo shimolida davom etayotgan harbiy amaliyotlari o‘n minglab tinch aholini jiddiy xavf ostiga qo‘ymoqda», dedi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Isroilning G‘azo shimolidagi hujumlari odamlarning asosiy hayotiy ehtiyojlari, jumladan, suvdan foydalanishiga to‘sqinlik qilmoqda. Uning aytishicha, Jabaliya qochqinlar lageridagi uylarida qamalib qolgan falastinliklar suv va oziq-ovqatsiz qolgan.

Uning ta’kidlashicha, 18 oktyabr kuni Isroil G‘azo shimolidagi ikkita kasalxonaga — Indoneziya kasalxonasi va Al-Auda kasalxonasiga hujum qilgan va bu mintaqadagi gumanitar vaziyatni yomonlashtirgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102214 | Инструменты