Huawei 1
O‘zbekiston U20 jamoasi Osiyo kubogi finaliga chiqdi

15 mart kuni U-20 Osiyo kubogida ikkinchi yarim final uchrashuvida mezbon O‘zbekiston Janubiy Koreyaga qarshi maydonga chiqdi. O‘yinning asosiy vaqtida g‘olib aniqlanmadi, qo‘shimcha bo‘limlarda ham darvozalar daxlsiz qoldi.

Shundan so‘ng barcha masala penaltilar seriyasida hal qilindi. Unda O‘zbekiston jamoasi darvozaboni Otabek Boymurodov o‘zini ko‘rsatdi va raqibning uch zarbasini qaytarib, jamoasining 3:1 hisobdagi g‘alabasini ta’minladi.

Endi 18 mart kuni bo‘lib o‘tadigan final uchrashuvida O‘zbekiston Iroq vakillariga qarshi o‘ynaydi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston va Iroq jamoalari guruh bosqichida ham o‘zaro to‘qnash kelgan, unda O‘zbekiston 1:0 hisobida g‘alaba qozongandi.

Guruh bosqichidan ikkinchi o‘rin bilan chiqqan iroqliklar chorakfinalda Eronni o‘yinga qo‘shib berilgan daqiqalarda urilgan gol evaziga mag‘lub etgan (1:0), yarimfinalda esa Yaponiyadan penaltilar seriyasida ustun kelgandi - 2:2 (5:3).

O‘zbekiston esa guruh bosqichida 7 ochko bilan birinchi o‘rinni egallagan, chorakfinalda Avstraliyani penaltilar seriyasida mag‘lub etib, yarimfinal va 2023 yilgi jahon chempionati yo‘llanmasini hal qilgandi.

Izohlar: 2
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50904 | Инструменты