Huawei 1
“Oltin to'p” mukofoti uchun da'vogarlar reytingida peshqadam o'zgardi: Messi 2-o'ringa tushib ketdi

Fransiyaning PSJ klubi hujumchisi Kilian Mbappe “Goal” nashri talqiniga koʻra, “Oltin toʻp-2023” reytingida 1-oʻringa koʻtarildi.

Nashr talqiniga koʻra, PSJ va Fransiya terma jamoasining 23 yoshli hujumchisi eng nufuzli individual sovrin uchun kurashda favoritga aylandi. Avvalgi reytingda 2-oʻrinda boʻlgan Kilian Parij klubidagi jamoadoshi, Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messini ortda qoldirdi.

Reytingning top-10 roʻyxati bilan tanishing:

1. Kilian Mbappe (PSJ)
2. Lionel Messi (PSJ)
3. Neymar (PSJ)
4. Erling Holand (“Manchester Siti”)
5. Robert Levandovski (“Barselona”)
6. Vinisius Junior (“Real”)
7. Kevin de Bruyne (“Manchester Siti”)
8. Muhammad Saloh (“Liverpul”)
9. Xvicha Kvaratsxeliya (“Napoli”)
10. Jamol Musiala (“Bavariya”).

Ma’lumot uchun, “Oltin toʻp”ning amaldagi sohibi, “Real”ning fransiyalik hujumchisi Karim Benzema 20-pogʻonadan oʻrin olgan.

Izohlar: 3
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 32806 | Инструменты