Huawei 1
Osiyo kubogi: O‘zbekiston terma jamoasi Avstraliyaga qarshi o‘yinda durang natija qayd etdi

Futbol boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi Osiyo kubogining nimchorak final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi. 

Guruh bosqichining soʻnggi turida Avstraliyaga qarshi bahs olib borgan yigitlarimiz 1:1 hisobidagi durangga imzo chekishdi. 

Birinchi bo‘limda avstraliyaliklar penaltidan gol urgan bo‘lsa,  ikkinchi bo‘limda Aziz Turg‘unboyev hisobni tenglashtirdi.

Qayd etish joiz, Aziz Turgʻunboyevning goli terma jamoamizning Avstraliyaga qarshi oʻyinlardagi noxush anʼanasiga chek qoʻydi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 82504 | Инструменты