O'tgan tunning eng qaynoq futbol yangiliklari bir sahifada
* PSJ hujumchisi Kilian Mbappe YChL 1/8 finali uchrashuvlarida haftaning eng yaxshi o'yinchisi deb topildi. Mbappe bu yo'lda Bernardu Silva, Kamara hamda Virjil van Deykni ortda qoldirdi;
* Yevropa Ligasi 1/16 finali doirasida kechgan "Zenit" – "Betis" uchrashuvida piterliklar 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi;
* Ushbu bosqich doirasidagi yana.bir bahsda "Borussiya Dortmund" kutilmaganda o'z uyida "Reynjers"ga 2:4 hisobida mag'lubiyatga uchradi;
* Turning markaziy o'yinlaridan birida "Barselona" "Kamp Nou"da Neapolning "Napoli" klubini qabul qildi hamda 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi;
* Ferran Torres "Napoli"ga qarshi bahsda 4 bora birga-bir vaziyatdan foydalana olmadi va shu sababli, o'yin yakunida yig'lab yubordi;
* PSJ forvardi Kilian Mbappe "Liverpul"ga o'tish variantini ham ko'rib chiqa boshladi. So'nggi 24 soat ichida "Real"ga transfer bo'yicha vaziyat boshqa yo'nalishga o'zgarib ketgan;
* "Lill" futbolchisi Renatu Sanchesh jamoadan ketmoqchi. Unga asosiy da'vogar "Milan" klubi bo'lib turibdi. Avvalroq, Sancheshga "Barselona" ham qiziqish bildirgan;
* "Manchester Siti" klubi braziliyalik 18 yoshli iqtidorli hujumchi Savinyo transferini 6,5 mln yevro evaziga hal qildi. Transfer haqida rasmiy xabar tibbiy ko'rikdan so'ng e'lon qilinadi;
* MYU rahbariyati Meyson Grinvudning ishi yozgacha hal bo'lmagan taqdirda, Antonini sotib olishga urinib ko'rmoqchi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 62207 | Инструменты