Huawei 1
“Paxtakor” direktori jarimaga tortildi

Toshkentning “Paxtakor” klubi direktori Shuhrat Maqsudov Namanganning “Navbahor” klubi rasmiylariga nisbatan o‘zini nomaqbul tutgani, haqoratli so‘zlar ishlatib, tartibsizlik sodir etgani uchun jarimaga tortildi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tartib-intizom qo‘mitasi ma’lum qildi.

O‘zbekiston kubogi 1/2 finali doirasidagi “Paxtakor” - “Navbahor lochinlari” uchrashuvi birinchi bo‘limidan so‘ng “Paxtakor” futbol klubi sport direktori Shuhrat Maqsudov tribuna osti yo‘lakchasida mehmon jamoa rasmiylariga nisbatan o‘zini nomaqbul tutib, haqoratli so‘zlar ishlatib, tartibsizlik keltirgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Shuhrat Maqsudovga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

Shuningdek, tartib-intizom qo‘mitasi tomonidan yana mamlakat birinchiliklarining 20 tadan ortiq uchrashuvida qayd etilgan holatlar yuzasidan jarima va chetlatish jazolari belgilandi.

“Barcha murabbiy, futbolchi, hakam va rasmiylarni har qanday vaziyatda ehtiroslarga berilmasdan, professional bo‘lishga chaqiramiz. Sizlar o‘sib kelayotgan yoshlar uchun namuna ekanliklaringizni yana bir bor eslatib o‘tamiz”, deyiladi xabarda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100419 | Инструменты