Pro liga qaytmoqda. Bugun test rejimida dastlabki jonli translyatsiya amalga oshiriladi
Pandemiya sababli yuzaga kelgan tanaffusdan so'ng Pro liga musobaqasi yana restart olmoqda. Bugundan musobaqaning navbatdagi tur uchrashuvlari boshlanadi. Jumladan, 3-tur doirasida Samarqandning "Dinamo" klubi "Xorazm" jamoasini qabul qiladi.
UZREPORT TV telekanali Pro liga uchrashuvlari translyatsiyasi huquqini qo'lga kiritgani haqida avval xabar berib o'tgandik. Bugun 30 avgust kuni test rejimida dastlabki jonli translyatsiya amalga oshiriladi.
Futbol muxlislari soat 17:00dan boshlab Samarqandda bo'lib o'tadigan "Dinamo" - "Xorazm" uchrashuvini FUTBOL TV telekanali orqali test rejimidagi jonli efirda tomosha qilishlari mumkin.
Shuni ham alohida ta'kidlab o'tish zarurki, hozirda PFL bilan hamkorlikda Pro liga musobaqasi titul homiylarni jalb qilish bo'yicha ishlar olib borilyapti. Bu borada ham tez kunlarda ijobiy yangiliklar bo'lishi kutilmoqda.
Jonli translyatsiyalarning efirga uzatilishi va titul homiylarning paydo bo'lishi Pro liga musobaqasi saviyasini yanada oshirishi aniq.
Demak, bugun 30 avgust kuni soat 17:00da FUTBOL TV telekanalida Pro liga 3-turidan o'rin olgan "Dinamo" - "Xorazm" uchrashuvi. Test rejimidagi jonli efirda! O'tkazib yubormang!
Alpha version: 0.9.1.19 build 42802 | Инструменты