Toshkent mezbonlik qilayotgan badiiy gimnastika boʻyicha Jahon kubogi bosqichida dastlabki medallar oʻz egalariga topshirildi. Quvonarlisi, koʻpkurash dasturida germaniyalik Olimpiada chempionidan yaxshiroq natija qayd etgan hamyurtimiz Taxmina Ikromova oltin, guruh mashqida qatnashgan qizlarimiz Evelina Atalyans, Maftuna Zoirova, Adelya Fayzulina, Mumtozabonu Isʼhoqzoda, Amaliya Mamedova va Irodaxon Sodiqova esa kumush medalga sazovor boʻlishdi.
Yakkalik, koʻpkurash:
Taxmina Ikromova (Oʻzbekiston)
Darya Varfolomeyev (Germaniya)
Liliana Levinska (Polsha)
Guruh mashqi, koʻpkurash:
Polsha
Oʻzbekiston
Xitoy.
Alpha version: 0.9.1.19 build 42804 | Инструменты