Huawei 1
PSJ peshqadam emas, “Manchester Yunayted” uchinchi, “Real” 7-o‘rinda: asosiy tarkibi eng qimmat klublar reytingi e’lon qilindi

Angliyaning “Manchester Siti” klubi boshlang‘ich tarkibi Yevropaning top-5 liga jamoalari ichida eng qimmati deb topildi.

“CIES Football Observatory” tadqiqoti natijalariga ko’ra, klublar Yevropa milliy chempionat o‘yinlarida dastlabki daqiqalardan maydonga tushgan futbolchilarga qancha mablag‘ sarflagani aniqlandi.

Unda “Manchester Siti”ning joriy mavsumdagi 11 nafar futbolchisi narxlari 605 million yevroni tashkil etadi (“shaharliklar” futbolchilar uchun sarflagan miqdor). Gvardiola jamoasining eng qimmat tarkibi “Brayton”ga qarshi bahsda maydonga tushgan — 726 million yevro.

Top-10 lik bilan tanishing (milliy chempionatlardagi 26-oktabrgacha bo‘lgan o‘yinlar, shu jumladan, potensial bonus to‘lovlari ham qo‘shiladi):

1. “Manchester Siti” — 605 million yevro
2. PSJ — 510
3. “Manchester Yunayted” — 480
4. “Liverpul” — 409
5. “Chelsi” — 393
6. “Arsenal” — 382
7. “Real” — 370
8. “Barselona” — 334
9. “Yuventus” — 300
10. “Bavariya” — 294.

Izohlar: 3
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 40811 | Инструменты