Huawei 1
PSJ yozda 2 yetakchi hujumchisi bilan xayrlashishga qaror qilgan

Fransiyaning PSJ klubi yetakchi hujumchilari Lionel Messi hamda Neymar yozda Parij klubi safini tark etishi kutilmoqda.

“GFFN” nashrining xabar berishicha, parijliklar rahbariyati yozda braziliyalik futbolchini sotib yuborishi deyarli oydinlashgan. So‘nggi haftalarda forvardning JCh-2022’dan keyingi omadsiz o‘yinlari va boshqa futbolchilar bilan kelib chiqayotgan nizolari bu istakni kuchaytirmoqda. Hozircha 31 yoshli Neymarga qaysi klublar qiziqish bildirayotgani noma’lum.

Messi esa shartnomani uzaytirish yo uzaytirmaslik borasida o‘ylamoqda. Argentinalik hujumchi PSJning Chempionlar Ligasidagi natijalariga qarab, qaror qabul qilmoqchi.

Avvalroq, PSJ Ramos bilan yangi shartnoma imzolash uchun unga o‘ziga xos shart qo‘ygani haqida xabar bergan edik.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50905 | Инструменты