Huawei 1
PSJ yulduzi yozda jamoadan ketadi. Uni Yevropaning 4 grandi o'z safiga qo'shib olmoqchi

Fransiyaning PSJ klubi yarim himoyachisi Anxel Di Mariyaga daʼvogarlar nomi maʼlum boʻldi.

Avvalroq argentinalik futbolchi yozda erkin agent sifatida Parij klubini tark etishi haqida xabar berilgandi.

Ko'plab nufuzli nashrlarning yozishicha, 34 yoshli vingerga “Yuventus”, “Barselona” va “Atletiko” klublari qiziqmoqda.

Qolaversa, Anxel uchun Yevropadagi yana bir variant — sobiq jamoasi “Benfika”. U Yevropadagi faoliyatini aynan Portugaliya jamoasida boshlagan va 2007-2010-yillar oraligʻida 119 oʻyin oʻtkazgan. Hozircha Di Mariya uchun da'vogarlar orasida aynan Lissabon klubi yetakchilik qilmoqda. Futbolchi yakuniy qarorini may oyida aytishi kutilmoqda

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 53100 | Инструменты