Huawei 1
Qatardagi Jahon chempionati vaqtida spirtli ichimliklar sotish taqiqlanadi

Joriy yilning noyabr-dekabr oylarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan Jahon chempionati vaqtida Qatar stadionlarida spirtli ichimliklarni sotish taqiqlanadi. Bu haqda nufuzli “Reuters” axborot agentligi xabar berdi.

“Rejalar hali ishlanmoqda, ammo hozirda vaziyat shundayki, muxlislar stadionga kirishdan oldin va undan chiqqandan keyin pivo ichishlari mumkin, ammo o‘yinlar vaqtida spirtli ichimliklat arenalarda sotilmaydi”, — deyiladi xabarda.

Biroq pivo savdosi Dohadagi FIFA muxlislar zonasining ma’lum qismlarida amalga oshiriladi. Spirtli ichimliklar ham bir qancha boshqa belgilangan hududlarda bo‘ladi. 

Ma’lumot uchun, Qatarda jamoat joylarida spirtli ichimliklar iste’mol qilish, shuningdek, mamlakatga olib kirish taqiqlangan. Tashrif buyuruvchilar ularni faqat tegishli lisenziyaga ega bo‘lgan bir nechta mehmonxona va klublarda sotib olishlari mumkin.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22108 | Инструменты