Huawei 1
Qirg‘iziston futbol ittifoqi raisi Qamchibek Tashiyev O‘zbekiston DXX raisini tabrikladi

Qirg‘iziston futbol ittifoqi raisi va Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari Qamchibek Tashiyev Toshkent shahriga tashrif buyurib, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbariyatini milliy terma jamoaning jahon chempionatiga chiqqani bilan tabrikladi. Bu haqda “24.kg” xabar berdi.

Uchrashuv 9 iyun kuni Toshkentdagi “Jar” stadionida ikki davlat (U-23) yoshlar terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi doirasida bo‘lib o‘tdi.O‘zbekiston DXX raisi, assotsiatsiya prezidenti Bahodir Qurbonov va birinchi vitse-prezident Ravshan Ermatov bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Qirg‘iziston tomoni jamoaning yuqori saviyadagi tayyorgarligini ta’kidlab, futboli rivojiga qo‘shgan hissasi uchun ularga minnatdorlik bildirdi.

Tashiyev O‘zbekiston termasining muvaffaqiyati nafaqat mamlakat, balki butun Markaziy Osiyo uchun muhim voqea ekanini alohida ta’kidladi. U hurmat belgisi sifatida mezbonlarga esdalik sovg‘alarini topshirdi.Buning evaziga u do‘stlik va sport hamjihatligi ramzi bo‘lgan O‘zbekiston terma jamoasining futbolkasini qabul qilib oldi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 81508 | Инструменты