Rasman: “Bavariya” “Liverpul” klubi hujumchisini sotib oldi

Germaniyaning “Bavariya” klubi “Liverpul” hujumchisi Sadyo Mane transferini e'lon qildi. Senegal terma jamoasining 30 yoshli yetakchisi Myunxen klubi bilan 2025-yilning yoziga qadar mo'ljallangan shartnoma imzoladi.

Jamoa matbuot xizmatining xabariga ko'ra, transfer nemislar uchun 32+9 mln yevroga tushgan. “Bavariya” futbolchiga yiliga soliqlar bilan qo'shib hisoblaganda 20 million yevro maosh to'lashni ko'zda tutgan. Mane “Liverpul”da yiliga 12 million maosh olganini hisobga olsak, Bundesliga jamoasida u ko'proq pul topadigan bo'ldi.

Ma'lumot uchun, Sadyo “Liverpul”da 2016-yildan beri o'ynab kelmoqda. Bu vaqt ichida vinger Chempionlar ligasi va Premyer-liga chempionligini qo'shib hisoblaganda 6 ta jamoaviy sovrinni qo'lga kiritgan.

30 yoshli futbolchi o'tgan mavsumda ingliz klubi safida barcha turnirlar doirasida 50 o'yinda maydonga tushib, 23 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 10619 | Инструменты