Rasman: “Bavariya” yozgi transferlar oynasi doirasida yana bir xaridni amalga oshirdi

Germaniyaning “Bavariya” klubi “Renn”dan 17 yoshli hujumchi Matis Telni sotib olganini e'lon qildi. Bu haqda klub rasmiy sayti hamda ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari ma'lum qildi.

Ma'lum bo'lishicha, 17 yoshli hujumchining transferi Myunxen klubiga 20+8,5 mln yevroga tushgan. Futbolchi myunxenliklar bilan 2027-yilning yozigacha mo'ljallangan shartnomaga imzo chekkan.

“Bavariya” — dunyoning eng yaxshi jamoalaridan biri. Men katta sinov oldida turibman. Klub uchun borimni berishga va u bilan sovrinlar qo'lga kiritishga harakat qilaman. Hasan Salihamidjich hamda “Bavariya” rahbariyati bilan o'tgan muzokaralar menda katta tassurot qoldirdi va men o'zimni aynan shu klub uchun tug'ilgandek his qildim”, — deydi yosh hujumchi.

Eslatib o'tamiz, bu yozgi transferlar oynasida Myunxen klubi Sadio Mane (32 mln), Matteys de Lixt (67 mln), Rayan Gravenberx (19 mln) hamda Nussair Mazraui (erkin agent) singari futbolchilarni o'z safiga qo'shib oldi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 10619 | Инструменты