Rasman: JCH-2026 finali qaysi stadionda bo'lishi malum qilindi

2026-yilgi Jahon chempionati final uchrashuvi o'tkazilish stadioni malum bo'ldi.

Unga ko'ra, yangicha formatda o'tadigan AQSH, Kanada va Meksika mezbonligidagi mundialning finali Nyu-Jersidagi "MetLife Stadium" stadionida bo'lib o'tadi. Bu haqida FIFA matbuot xizmati malum qildi. 

Ushbu arena o'z bag'riga 83 ming muxlisni sig'dira oladi. 

Final uchrashuvi 19-iyul kuni bo'lib o'tadi.

3- o'rin uchun bo'ladigan o'yin uchun esa 65 ming muxlisni o'z bag'riga sig'dira oladigan “Hard Rock Stadium” mezbonlik qiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72711 | Инструменты