O'zbekiston elchisi Ravshan Usmanov Britaniyaning soyadagi tashqi ishlar vaziri, ushbu mamlakat Parlamenti Jamoatlar palatasi a'zosi Priti Patel bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA.
Priti Patel 2010-yildan beri Britaniya Parlamenti Jamoatlar palatasi a'zosi bo'lib, u ushbu davr mobaynida bir necha marta yuqori davlat lavozimlarini egallagan. Xususan, 2014-2015-yillarda – Britaniya G'aznachiligi (moliya vazirligi) rahbarining o'rinbosari, 2015-2016-yillarda – mehnat va bandlik vaziri o'rinbosari, 2016-2017-yillarda – tashqi ishlar vaziri va 2019-2022-yillarda – ichki ishlar vaziri sifatida faoliyat yuritgan.
Suhbat davomida Britaniya tomoni Yangi O'zbekistonda amalga oshirilayotgan keng-ko'lamli islohotlar va oxirgi yillar davomida respublikaning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy sohalarda erishgan yutuqlari bilan batafsil tanishtirildi.
Britaniya Parlamenti a'zosi O'zbekistonda yuz berayotgan yangilanish va o'zgarishlarni ijobiy baholab, London Toshkent bilan barcha jabhalarda aloqalarini kengaytirishdan manfaatdor ekanligini ta'kidladi.
Shuningdek, siyosiy, savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy, madaniy va ta'lim sohalarida hamkorlikni yana-da kengaytirish masalalari bo'yicha fikr almashildi.
Uchrashuv yakunida ikki mamlakat o'rtasidagi hamkorlikni yana-da kengaytirish uchun mavjud salohiyatni ro'yobga chiqarish bo'yicha amaliy aloqalarni davom ettirish bo'yicha kelishuvga erishildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 11517 | Инструменты