Huawei 1
“Kosmik faoliyat to'g'risida”gi qonun qabul qilindi

“Kosmik faoliyat to'g'risida”gi qonun qabul qilindi.

Qonun kosmik faoliyat sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.

Kosmik faoliyatni amalga oshirishning asosiy maqsadlaridan biri O'zbekistonning barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga, mudofaa qobiliyatini va xavfsizligini mustahkamlashga ko'maklashish hisoblanadi.

Vazirlar Mahkamasi kosmik faoliyat sohasidagi yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta'minlaydi.

Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi kosmik faoliyat sohasidagi maxsus vakolatli davlat organidir.

Mudofaa vazirligi mamlakat mudofaasi va xavfsizligi manfaatlarini ko'zlagan holda, kosmik faoliyat imkoniyatlaridan foydalanadi, shuningdek harbiy kosmik texnologiyalarni yaratish bo'yicha ishlarni tashkil etadi.

Quyidagilar kosmik tizimlarning turlari jumlasiga kiradi:

- Yerni masofadan zondlash;

- kosmik monitoring;

- davlat kosmik monitoringi;

- kosmik aloqa tizimi;

- yuqori aniqlikdagi sun'iy yo'ldosh navigasiya tizimi;

- kosmik tizimlarning ilmiy, iqtisodiy, ekologiyaga, axborotga va tijoratga oid maqsadlarda, shuningdek O'zbekistonning xalqaro shartnomalariga muvofiq yaratilgan boshqa turlari.

Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 11518 | Инструменты