Indoneziya yashil maydonlarida oʻtayotgan futbol boʻyicha U-17 jahon chempionatida guruh bosqichi bellashuvlari deyarli yakuniga yetdi. Eʼtiborli tomoni, unda ishtirok etayotgan Oʻzbekiston terma jamoasi pley-off bosqichiga yoʻl oldi.
“B” guruhidan o’rin olgan yoshlarimiz 4 ochko jamgʻarib, uchinchi oʻrinni qoʻlga kiritgan edi. Reglamentga koʻra, barcha guruhlar ichida eng koʻp ochko toʻplagan 4 ta uchinchi oʻrin egalari nimchorak final ishtirokchisiga aylanadi. Bu borada jamoamiz to’rtinchi natija bilan pley-off masalasini ijobiy hal qildi.
Endi hamyurtlarimiz 22-noyabr kuni Jakarta shahrida “С” guruhida birinchi oʻrinni egallagan angliyalik oʻsmirlarga qarshi maydonga chiqishadi.
1/8 final juftliklari:
20-noyabr
13:30. Ekvador – Braziliya
17:00. Ispaniya – Yaponiya
21-noyabr
13:30. Mali – 2F
13:30. Germaniya – 2E
17:00. Argentina – 3E/F
17:00. Marokash – Eron
22-noyabr
13:30. Angliya – O'zbekiston
17:00. 1E – Senegal
Alpha version: 0.9.1.19 build 12607 | Инструменты