Huawei 1
"Real Madrid" homiysi Mbappega BMW sovg'a qildi, ammo futbolchida haydovchilik guvohnomasi yo'q

"Real Madrid" homiysi bo'lgan nemis avtomobil ishlab chiqaruvchi BMW kompaniyasi yangi zarb qilingan hujumchi Kilian Mbappega i7 M70 xDrive elektromobilini sovg'a qildi. Bu haqda Marca xabar bermoqda.

Ammo, manba ta'kidlaganidek, 25 yoshli futbolchida haydovchilik guvohnomasi yo'q, shu sababli u yo'lovchilar o'rindig'iga o'tirishga majbur bo'ladi.

3-iyun kuni Mbappe rasman "Real Madrid" futbolchisiga aylandi. 16-iyul kuni uning "Qirollik klubi" futbolchisi sifatida taqdimoti bo'lib o'tdi. Avvalroq, OAVda fransiyalik hujumchining maoshi yiliga 30 million yevro va urilgan gollar uchun bonuslar bo‘lishi haqida ma’lumot paydo bo‘lgandi. Mbappening shartnomasida 1 milliard yevro tovon puli ham bor.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91005 | Инструменты