Huawei 1
“Real Madrid” hujumchisi to'p uzatishlarini kutib turadigan oddiy hujumchi bo'lmasligi kerak”, — Benzema

Ispaniyaning “Real Madrid” klubi hujumchisi Karim Benzema kecha Yevropa Superkubogi finali doirasida kechgan bahsdan so'ng jurnalistlarning jamoa yana hujumchi sotib olishi kerak yoki yo'qligi borasidagi savollariga javob berdi.

“Bizda markaziy hujumchi sifatida o'ynay oladigan ko'plab futbolchilar bor. “Real Madrid” hujumchisi to'p kelishini kutib turuvchi oddiy hujumchi bo'lishi kerak emas. Agar siz shu klubda o'ynayotgan bo'lsangiz, bilingki, siz hamma joyda harakat qilishingiz, mehnat qilishdan tinmasligingiz lozim.

Murabbiyimiz aytganidek, “Real”da bu pozitsiyani egallashga qodir futbolchilar ko'p. Bizga boshqa markaziy hujumchi kerakmi yoki yo'q, buni bosh murabbiydan so'raganigiz ma'qul”, — deydi Benzema.

Avvalroq, Kazemironing Benzema haqida bildirgan fikrlari hamda “Real Madrid” prezidenti Florentino Peresning jamoa bu yil yana futbolchi sotib olish yoki olmasligiga javob bergani borasida xabarlar bergan edik.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50909 | Инструменты