Huawei 1
“Real” prezidenti jamoa bu yozda yana futbolchi sotib olish yoki olmasligi haqidagi savolga javob berdi

Ispaniyaning “Real Madrid” klubi prezidenti Florentino Peres klub bu yil yozda boshqa yangi futbolchilar sotib olish yoki olmasligi haqidagi savollarga javob berdi.

“Yangi futbolchilar sotib olish? Bizda mavjud tarkib tufayli, boshqa yangi futbolchilarni olish imkoniyatini koʻrib chiqmaymiz. Mana shu jamoa mashgʻulotlarda qatnashadi va uni yaxshi boshqarishimiz darkor.

Jamoamiz yaxshi shakllangan, bu tarkib bilan bemalol mavsumni o'tkaza olamiz, deb o'ylayman. Hozircha bizda shular”, — deydi Peres Yevropa Superkubogidagi g'alabadan so'ng berilgan intervyuda.

Ma'lumot uchun, “Real” bu yil yozda “Chelsi” himoyachisi Antonio Ryudiger va “Monako” yarimhimoyachisi Orelyen Tchuameni transferini amalga oshirdi. Shuningdek, klubni himoyachi Marselo, yarimhimoyachilar Isko va Garet Beyl tark etishdi.

Avvalroq, “Real Madrid” a'zosi Kazemironing Karim Benzema haqida bildirgan fikri borasida xabar bergan edik
.

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50919 | Инструменты