Huawei 1
“Real Madrid”ning mavsumdagi eng yaxshi o'yinchisi nomi e'lon qilindi

Ispaniyaning “Real Madrid” klubi hujumchisi Karim Benzema madridliklarning 2021-22-yilgi mavsumidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

“Men bu yutug'im bilan juda ham faxrlanaman. Bu gollar, assistlar va sovrinlar nuqtayi nazaridan olsak, men uchun juda ham ajoyib mavsum boʻldi. Albatta, bu yilni umuman unutmayman”, — deydi fransiyalik hujumchi.

Maʼlumot uchun, 34 yoshli futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalarda madridliklar safida 45 ta oʻyinda maydonga tushib, 44 gol va 15 golli uzatmani amalga oshirishga muvaffaq boʻldi.

Eslatib o'tamiz, Benzema boshchiligidagi “Real Madrid” 28-may kuni Toshkent vaqti bilan 22:00 da “Liverpul”ga qarshi YChL finalida maydonga tushadi.

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51007 | Инструменты