Huawei 1
“Real” nima sababdan “Barselona” bilan bog‘liq “korrupsiya ishi”ga aralashmayotgani ma’lum bo‘ldi

Ispaniyaning “Real Madrid” klubi nega “Barselona”ning hakam bilan bog‘liq mojarosiga izoh berishdan bosh tortayotgani ma’lum bo‘ldi.

“Real”dan tashqari barcha La Liga va Segunda klublari “Barselona”ning harakatlarini ochiqchasiga qoralagan.

“Klub uchta sababni ko‘rsatdi va ularning barchasi mantiqqa to‘g‘ri keladi. Madrid klubi bunday ishlarni 20 yil davomida qoralab keldi va tanqidga uchradi. Shu vaqt davomida klubni hech kim qo‘llab-quvvatlamadi.

“Real” “Ijroqo‘m yillar davomida raqobat o‘ziga xosligini saqlab qolishi bo‘yicha olib borilgan ishlarni inobatga olgan holda La Liga harakatlarini to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi” deb yozilgan arizaga qanday imzo chekishi mumkin? Bu hazilmi? Qolaversa, “Real” mas’ullar bu bayonotdan himoya maqsadida foydalanishini istamaydi”, — deb aytib o‘tgan jurnalist Antonio Garsiya Ferreras klub manbalariga tayanib.

Avvalroq, “Barselona” yillar davomida hakamlar qo‘mitasiga jami qancha miqdorda pul berib kelgani ma’lum bo‘lgani haqida xabar bergan edik.

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 61314 | Инструменты