“Real” va “Arsenal” klublari sobiq futbolchisi, Jahon chempioni Mesut O'zil futbolchilik faoliyatini yakunlashga qaror qildi
Germaniyalik taniqli futbolchi Mesut O‘zil futbolchilik faoliyatini yakunlashga qaror qildi.
34 yoshli yarim himoyachi Turkiya chempionatining 22-turidan o‘rin olgan “Kayserispor”ga qarshi bahsda asosiy tarkibda maydonga tushgan va 46-daqiqada zaxiraga olingan.
“Daily Star” nashrining xabar qilishicha, O‘zil bugun “Istanbul”ning mashg‘ulotlarida ishtirok etmagan va jamoadagi sheriklariga faoliyatini yakunlayotganini aytib o‘tgan. O‘zil va turk klubi o‘zaro shartnomani bekor qiladi.
2014-yilda Mesut Germaniya terma jamoasi bilan Jahon Chempionligini qo‘lga kiritgan. Shuningdek, “Real” safida La Liga, Ispaniya Kubogi va Ispaniya Superkubogi kabi sovrinlarga ega chiqqan. “Arsenal” bilan birga Angliya Kubogi va Angliya Superkubogida 3 martadan zafar quchgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51418 | Инструменты