“Roma” hujumchisi Eldor Shomurodov Yevropa Ligasi 1/8 finalidan o‘rin olgan “Atletik”ka (2:1) qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
29 yoshli futbolchi 90+4-daqiqada g‘alaba golini urdi. 13 mart kuni Bilbaoda javob bellashuvi bo‘lib o‘tadi.
«Muhimi — g‘alaba qozondik. Ammo bo‘shasha olmaymiz, chunki safarda javob bahsi bor.
Xotirjamlikni saqlab, keyingi o‘yinlarga tayyorlanishimiz kerak. Yakshanba kuni “Empoli” bilan o‘yin ham bor.
Hamma o‘ziga ishonsa va o‘zini loyihaning muhim bir qismi deb hisoblasa, bir oilaga aylanamiz va barchasi joyida bo‘ladi.
Bugun yutdik, ammo hali hech narsa kafolatlanmadi. Mehmonda ham g‘alaba qozonishimiz kerak», — deya o‘zbekistonlik futbolchining so‘zlarini keltiradi Roma Press.
Alpha version: 0.9.1.19 build 120717 | Инструменты