Huawei 1
“Ronaldu — barcha davrlarning eng yaxshi o'yinchilaridan biri. U g'olib va yetakchi”, — Kazemiro

Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi yangi futbolchisi Kazemiro Krishtianu Ronaldu dastlabki kundanoq unga yordam berayotgani hamda portugaliyalik yulduzning klubda qolishiga umid bildirdi.

“Ronaldu — jahonning barcha davrlardagi eng yaxshi oʻyinchilaridan biri. Uni qanchalik hurmat qilishimni biladi. Umid qilamanki, Krishtianu jamoada qoladi. Chunki u buyuk futbolchi, jamoaga har qanday vaziyatda yordam bera oladi.

U MYU’ga koʻplab gollar bera oladi. U gʻolib, yetakchi. Jamoa uchun juda muhim oʻyinchi. Hali ingliz tilini oʻrganmaganim, Ronaldu bilan esa portugalchada gaplashishim va u bilan yaqinroq ekanim sababli koʻproq muloqotda boʻlamiz. U jamoadagi ilk kunimdan boshlab har taraflama yordam bermoqda. Uning jamoada qolishiga umid qilaman”, — deydi Kazemiro.

Maʼlumot uchun, MYU APL 4-turi doirasida ertaga, 27-avgust kuni “Sautgempton” mehmoni boʻladi. Oʻyin soat 16:30 da start oladi.

Avvalroq, Yevropa Ligasiga qur'a tashlangani hamda MYU unda o'z raqiblarini bilib olgani haqida xabar bergan edik.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 32901 | Инструменты