Huawei 1
Ronalduga o‘zbekistonlik tadbirkor asos solgan mashhur brend tomonidan soat sovg‘a qilindi

Soat va zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchi "Jacob & Co" brendi Krishtianu Ronalduga qimmatbaho soatni sovg'a qildi. Bu haqda Hypebeast xabar bermoqda.

Nashrining xabar berishicha, soatning narxi 630 ming funt sterling (taxminan 780 000 dollar)ga teng. 

Eksklyuziv Caviar Flying Tourbillon soati zumradga o'xshash yorqin yashil savoritlar bilan bezatilgan. Savoritlar - tabiatda zumraddan 200 baravar kam uchraydigan eng noyob toshlardir. Jacob & Co kompaniyasi tomonidan futbolchi uchun yaratilgan model oq oltindan yasalgan va uch yuzta shunday tosh bilan bezatilgan.

U yashil rangda bo‘lib, Krishtianuning Saudiyaga ko‘chib o‘tgani munosabati bilan shu rangda ishlab chiqarilgan.

Krishtianu Ronaldu shaxsiy samolyotida tushgan suratini instagramga joylashtirganda, o‘zining obunachilarga ushbu yangi soatni ko‘rsatdi.

Ma’lumot o‘rnida, "Jacob & Co" brendi asoschisi o‘zbekistonlik Jeykob Arabo (asl ism-familiyasi Yoqub Arabov) hisoblanadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50809 | Инструменты