Huawei 1
Ronalduning oldida yakuniy 2 ta variant qoldi — u Chempionlar ligasida o'ynash uchun MYUdan ketmoqchi

Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi hujumchisi Krishtianu Ronalduda faoliyatini davom ettirish uchun 2 ta variant qoldi. Portugaliyalik hujumchi hali ham Chempionlar Ligasida oʻynashni xohlaydi va uning agenti Jorje Mendesh mijozi uchun variantlar qidirib koʻrmoqda. U jamoani joriy transferlar oynasi vaqtida tark etmoqchi.

Nufuzli AS nashrining xabar berishicha, birinchi variant — Dortmundning “Borussiya”si. Tomonlar oʻrtasida potensial transfer haqida aloqalar mavjud.

Ikkinchi variant esa Krishtianu faoliyatini boshlagan “Sporting”ga qaytish. Ammo bu transfer uchun Ronalduning katta maoshi masalasini hal qilish, shuningdek, lissabonliklar murabbiyi Ruben Amorimni koʻndirish kerak boʻlishi ta'kidlangan.

Avvalroq, jamoa bosh murabbiyi Erik ten Hag Ronalduning ketishiga qarshi emasligi xabar qilingandi. Bunga jamoa rahbariyati bo'lmish Gleyzerlar rozi bo'lmagani ta'kidlangan.

Izohlar: 2
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga