Huawei 2
Ten Hag Ronalduning noroziliklaridan so'ng, uning ketishiga rozi bo'ldi. Shuningdek, u rahbariyatga shart qo'ygan

Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi bosh murabbiyi Erik ten Hagning Krishtianu Ronalduga nisbatan munosabati o'zgargan. Endilikda murabbiy futbolchining jamoadan ketishiga qarshi emas.

“The Athletic” nashrining xabar berishicha, MYU bosh murabbiyi murabbiylik postiga yangi kelgan vaqtida Ronalduning jamoada qolishini va u hali ham jahon darajasidagi to'purar sifatida jamoaga yordam bera olishini aytgan edi. Biroq, Ronaldu mavsum startidagi ishlari, doim norozi kayfiyatda ekanligi bilan murabbiyda salbiy taassurot uyg'otgan.

Ta'kidlanishicha, Krishtianu ko'pincha yolg'iz tushlik qilgan, mashg'ulot paytlarida esa murabbiyga ochiqchasiga e'tiroz bildirgan. Shu tufayli, Ten Hag uning ketishiga rozi bo'lgan. Faqat buning uchun u klub rahbariyatiga bir shart qo'ygan. Ya'ni, u klubdan ketsa, rahbariyat uning o'rniga boshqa hujumchi sotib olishi kerak bo'ladi.

Avvalroq, MYU Ronaldu ishga bo'lgan munosabatini o'zgartirmasa, u bilan shartnomani bekor qilmoqchi ekanligi haqida xabar bergan edik.

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga