2034 yilgi jahon chempionatida spirtli ichimliklar sotilmaydi. Saudiya Arabistoni — JCH-2034 mezbonligi uchun yagona da’vogar. 11 dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan FIFA Kongressida musobaqa mezbon davlati rasman e’lon qilinishi kutilmoqda.
Saudiya Arabistonida spirtli ichimliklar ichish noqonuniy hisoblanadi va Sky Sports ta’kidlashicha, mundial vaqtida qonunlarni yumshatish rejalashtirilmagan.
«Biz 100dan ortiq sport tadbirlarini alkogolsiz o‘tkazdik, 3 million muxlisni kutib oldik. Ular yaxshi vaqt o‘tkazishdi va Saudiya Arabistoni taklif qilayotgan ko‘ngilocharliklar, san’at, musiqa, madaniyat hamda merosni kashf etishdi», — dedi Saudiya Arabistoni takliflar bo‘yicha direktori Hamad Al Balaviy.
Qolaversa, turnir Qatarda bo‘lib o‘tgan JCH-2022 kabi qishda o‘tkazilishi mumkin.
«Bu FIFA va konfederatsiyalar, ligalar va futbol assotsiatsiyalari o‘rtasidagi qaror bo‘ladi. Vaqti kelib bu munozarada qatnashamiz. Mehmonlar so‘ralganda qabul qilishga tayyormiz», — dedi al Balaviy.
Alpha version: 0.9.1.19 build 100600 | Инструменты