Huawei 1
Shomurodov: “Biz uchun og‘ir kecha. Menimcha, hammasini to‘g‘rilashga vaqtimiz yetarli”

Italiyaning “Roma” klubi kecha, 7-sentabr kuni Yevropa Ligasi 1-turida “Ludogorets” mehmoni boʻlib, magʻlubiyatga uchradi (1:2). Unda Eldor Shomurodov zaxiradan maydonga tushib, hisobni tenglashtiruvchi golni urdi. O‘yindan so‘ng u o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Bu biz uchun ogʻir kecha boʻldi. Ayniqsa, maydon holati yaxshi emasligini aytib oʻtishim lozim. Biroq bu oʻzini oqlash boʻlib qolmasligi kerak. Biz bu kabi oʻyinlarda hamisha gʻolib bo‘lishimiz kerak. Fikrimcha, hammasini toʻgʻrilash uchun vaqt yetarli.

Bugungi oʻyin nihoyasiga yetdi. Biz “Empoli”ga qarshi boʻlajak bahs haqida oʻylashimiz kerak, chunki vaqt oz qoldi. Biz 3 kundan keyin yana oʻyin oʻtkazamiz”, — deydi Shomurodov.

Avvalroq, ushbu mag‘lubiyat haqida klub bosh murabbiyi Joze Mourinyoning fikr bildirgani haqida xabar bergan edik.

Izohlar: 3
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92213 | Инструменты