So‘nggi uchrashuvida chetlatilgan Pike qizil kartochkalar soni bo‘yicha klub antirekordini takrorladi

Faoliyatini yakunlashini e’lon qilgan “Barselona” himoyachisi Pike o‘zining soʻnggi oʻyinda “Barselona” antirekordini takrorladi.

Ushbu bahsni zaxirada boshlagan himoyachi “Osasuna” (2:1) bilan oʻyinning tanaffusida bosh hakam Xesus xil Mansano bilan Robert Levandovskining chetlatilishi borasida bahslasha boshladi. Hakam Pikeni haqorat uchun maydondan chetlatdi.

Bu 35 yoshli futbolchi uchun kataloniyaliklar safidagi 11-chetlatish boʻldi. Pike shu orqali Xristo Stoichkovga tegishli klub antirekordini takrorladi.

Shuningdek, Pep Gvardiola 9 ta qizil kartochka bilan “Barselona”ning 123-yillik tarixida 3-oʻrinni egallab turibdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 43001 | Инструменты