Huawei 1
The Best-2022: Messi - yilning eng yaxshi futbolchisi

FIFA 27-fevral kuni Parijda bir qator nominatsiyalar bo‘yicha 2022-yilning eng yaxshilarini taqdirladi.

Argentina milliy jamoasi va "PSJ" klubi hujumchisi Lionel Messi yilning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi. 35 yoshli forvard 2022-yilda Argentina safida Qatarda o‘tgan jahon chempionatida zafar quchdi va turnirning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi. Shuningdek, Leo Parij klubi bilan Liga 1 va Fransiya Superkubogida g‘olib bo‘ldi.

Eng yaxshi futbolchi – Lionel Messi («PSJ» / Argentina);

Eng yaxshi murabbiy – Lionel Skaloni (Argentina milliy jamoasi);

Eng yaxshi darvozabon – Emiliano Martines («Aston Villa» / Argentina);

Eng chiroyli gol muallifi – Marsin Oleksin («Varta Poznan» / Polsha);

Fair Play sovrini – Luka Lochoshvili (Gruziya)

«Eng yaxshi muxlislar» — argentinalik muxlislar;

Ramziy terma jamoa 3-3-4 sxemasida ko‘rinish oldi:

Darvozabon: Tibo Kurtua («Real» / Belgiya);

Himoyachilar: Ashraf Hakimi («PSJ» / Marokash), Virjil Van Deyk («Liverpul» / Niderlandiya), Joau Kanselu («Bavariya» / Portugaliya);

Yarimhimoyachilar: Kevin de Bryuyne («Manchester Siti» / Belgiya), Luka Modrich («Real» / Xorvatiya), Kazemiro («MYu» / Braziliya);

Hujumchilar: Kilian Mbappe («PSJ» / Fransiya), Karim Benzema («Real» / Fransiya), Erling Holand («Manchester Siti» / Norvegiya), Lionel Messi («PSJ» / Argentina).

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50803 | Инструменты