Messi yana jahonda tengsiz
Kecha FIFA tomonidan yilning eng yaxshi futbolchilariga beriladigan “The Best” mukofoti taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda asosiy “The Best” mukofotini Argentina terma jamoasi hamda PSJ klubi hujumchisi Lionel Messi qoʻlga kiritdi.
35 yoshli futbolchi Argentina bilan Qatardagi jahon chempionatida gʻolib chiqdi va Mundialning eng yaxshi oʻyinchisiga aylandi. Shuningdek, Leo Parij klubi safida Fransiya chempionati va Fransiya Superkubogida gʻalaba qozondi.
Messi 2-bor The Best sovriniga sazovor boʻlib, bu borada yetakchilar Krishtianu Ronaldu va Robert Levandovskiga yetib oldi. Daʼvogarlar orasida Kilian Mbappe (PSJ/Fransiya) va Karim Benzema (“Real”/Fransiya) ham bor edi.
Shuningdek, yilning eng yaxshi murabbiyi deya Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni topildi. Eng yaxshi darvozabon esa shu terma jamoa vakili Emiliano Martinez, deya ta’kidlandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 50801 | Инструменты