Huawei 1
"Transfermarkt" reytingidan Eldor Shomurodov ham joy oldi

Jahon futbolida yuz berayotgan shov-shuvli kelishuvlar, reytinglar, monitoringlar, mashhur futbolchi va klublarning moliyaviy holati to‘g‘risida maʼlumotlar taqdim etib boradigan “Transfermarkt” portali Italiya “A” seriyadagi daromadi eng yuqori futbolchilar reytingini tuzish bilan birga sobiq Ittifoq mamlakatlarining eng qimmat futbolchilari ro‘yxatini eʼlon qildi.

Eng qimmat futbolchilar reytingida kuchli uchlikdan 110 million yevroga baholangan “Napoli” jamoasi futbolchisi Viktor Osimxen, "Inter M" xujumchisi Lautaro Martines hamda 90 million yevroga baholanayotgan “Milan” vakili Rafael Leao joy olishgan.

“A” seriyada tup surayotgan MDH davlatlari futbolchilari orasida yetakchilikka asli gruziyalik, hozirda “Napoli” safida harakatlanayotgan Xvicha Kvarasxeliya erishgan. TOP-100 lik ro‘yxatda 4-o‘rindan joy olgan ushbu futbolchining transfer narxi 80 million yevro etib belgilangan.  

Italiyaning “Kolyari” jamoasida ijara asosida to‘p tepayotgan hamyurtimiz Eldor Shomurodov hamdo‘stlik mamlakatlari futbolchilari reytingida 5 million yevroga baholangan holda 5-o‘rinda qayd etildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga